ATTO endi Namanganda
Jamiyat
2023-10-06
641
Transport vazirligi ma'lumot berishicha, hozirda Namangan shahri ichida harakatlanuvchi 20 ta avtobus yo'nalishlariga 158 dona statsionar validatorlar o'rnatilgan.
Yo'lovchilar nafaqat ATTO transport kartalari balki bank kartasi, "ATTO" mobil ilovasi hamda virtual transport kartasi orqali ham to'lovni amalga oshirishlari mumkin.
ATTO transport kartalarini tez kunlarda:
Sardoba bozori bekati;
Chorsu bozori bekati;
Do'stlik bozori bekati;
Otchopar shox bekatlaridan xarid qilish mumkin bo'ladi.


