Asosiy stavka o‘zgarishi mumkin
Iqtisodiyot
2023-10-26
Bugun Markaziy bankda matbuot anjumani o‘tkaziladi. Mazkur matbuot anjumanida asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori e’lon qilinishi kutilmoqda.
2023 yil 26 oktyabr kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki binosida “Pul-kredit siyosatining 2024 yil va 2025-2026 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi” hamda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Markaziy bank tomonidan belgilangan asosiy stavka 14 foiz bo‘lib, 2023 yilning 17 martidan beri o‘zgarmay kelmoqda.


