AQShda qurollangan erkak ommaviy otishma sodir etdi

AQShda qurollangan erkak ommaviy otishma sodir etdi

22 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi. Politsiya aytishicha, jinoyatchi hali ham zararsizlantirilmagan

Dunyo

2023-10-26

AQShning Men shtatidagi Lyuiston shahrida qurolli shaxs o‘t ochdi.

Kamida 22 kishi halok bo‘lgani, 50 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi haligacha zararsizlantirilmagan. Politsiya jinoyatchi qurolli va o‘ta xavfli ekani haqida ogohlantirmoqda.

"Lyuistonda faol otishma. Biz aholidan boshpanalarda yashirinishni so'raymiz. Iltimos, uylaringiz ichida qoling va eshiklarni qulflang", - deydi shahar politsiyasi.

Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi - ma'lum qilinishicha, uning ismi Robert Kard, u 40 yoshda.

Oq uy xabar berishicha, prezident Jo Bayden voqea haqida xabardor qilingan va ma'lumotlarni olishda davom etadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.