Amazon daryosi havzalarida ekstremal qurg'oqchilik
Mahalliy aholi ichimlik suvi va oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekmoqda
Dunyo
2023-10-17
781
Braziliyada kuchli qurg'oqchilik tufayli dunyodagi eng katta daryo hisoblangan Amazon sayozlashmoqda, deb xabar beriladi. Natijada u yerda qayiq va barjalar tiqilib qolmoqda.
480 ming kishi yashaydigan Manaus shahrida ichimlik suvi va oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmoqda. Chekka qishloqlarda baliq ovlash bilan bog'liq muammolar boshlangan.
Sinoptiklar mintaqada qurg‘oqchilik va jazirama davom etishini taxmin qilishmoqda. Braziliya Sog'liqni saqlash vazirligi jabrlangan hududlarga tibbiy yordam va shifokorlarni safarbar qilayotganini aytdi.
Amazondagi qurg'oqchilik so'nggi 20 yil ichidagi eng kuchli qurg'oqchiliklardan biri bo'lmoqda. Yog'ingarchilik kam bo'lganligi sababli, ba'zi irmoqlarda suv sathi har kuni 20 santimetrga pasayishi kuzatilmoqda.
Mintaqadagi ekstremal qurg'oqchilik sabablari orasida yomg'ir bulutlari paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi El-Ninyo iqlim hodisasining fenomeni ham borligi aytilmoqda.
Olimlarning fikricha, bu yil ob-havo anomaliyasi yanada og'irroq bo'ladi.


