Advokatlar orasidagi birdamlik

Advokatlar orasidagi birdamlik

Dunyo

2023-10-11

Jurnalist Bahodir Ahmedov Toshkent shahar advokatlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha voqea tafsilotlari bilan bo‘lishdi.


Toshkent shahar advokatlar umumiy yig‘ilishidan qattiq ta'sirlandim. Bu yig‘ilish advokatlarda yig‘ilib qolgan "kasb dardlarini" ochiq bildirish, unga yechimlar taklif qilish uchun muloqot bo‘ldi.

Shu orada advokatlarning qonunchilik yuzasidan takliflar umumlashtiriladigan platforma – Advokatlar klubi tashkil etildi. Advokatlarning ham aytar so‘zlari bor, axir.

Delegatlikka nomzodlar bir alohida mavzu, sanoq komissiyasidagi advokatlarning mahorati alohida mavzu va bu orada birma-bir so‘zga chiqqan taniqli advokatlarning nutqlari alohida mavzu aslida.

Bu nutqlarda birorta maqtov, tilyog‘lamalik emas, soha uchun jon kuydirib tanqidlar tilga olindi. Orada ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ular haqida birma-bir keltirmasam bo‘lmas ekan qarasam. Demak birinchi to‘xtaladigan mavzu: advokatlar orasidagi hamjihatlik(солидарность).

Advokatura kabi nodavlat institutlar o‘zaro qo‘llov bilan yashab ketadi. Boshini silaydigani bo‘lmaydi. Qonunan belgilangani bilan amalda kim ham bu institutni o‘sishini xohlaydi? Ongostida hech qaysi organ bunga ro‘yixushlik bermaydi. Aslida boshqa shaxslarning huquqini himoya qiladiganlar o‘zlarini himoya qila olmasa, "сапожник без сапога" bo‘lib tursa, odil sudlov amalga oshirmaydi. Fuqarolarning sudga, davlatga ishonchi pasayadi, nafrati ortadi.

Yig‘ilishda bir advokat opa chiqib, “солидарность deyapsizlar, mana uchta advokatga jinoiy ta'qib bo‘ldi. Qancha advokat shu payt tirgak bo‘ldi?”, deya to‘g‘ri dashnom qilib qoldi. Zal jim bo‘lib qoldi. Rivojlangan jamiyatlarda advokatlar orasida o‘zaro qo‘llov juda kuchli bo‘ladi rostdan ham.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.