2030 yilgi jahon chempionati uchta qit'ada bo'lib o'tadi
Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda uchta o'yin o'tkaziladi
Dunyo
2023-10-05
2030 yilgi jahon chempionati tarixda birinchi marta uchta qit'ada — Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikada bo'lib o'tadi.
FIFA kengashi Ispaniya, Portugaliya va Marokashning turnirni o'tkazish uchun yagona nomzod sifatida qo'shma taklifini qabul qildi. 1930 yilda Urugvayda bo'lib o'tgan birinchi jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan uchta o'yin Urugvay, Argentina va Paragvayda o'tkaziladi.

"Bo'lingan dunyoda FIFA va futbol birlashmoqda. Butun futbol olamini ifodalovchi FIFA kengashi bir ovozdan 1930 yilda Urugvayda bo'lib o'tgan FIFA jahon Kubogining 100 yilligini eng munosib tarzda nishonlashga qaror qildi," - dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Janubiy Amerikaning uchta mamlakati turnirning dastlabki uchta o'yinini o'tkazadi. Boshlang'ich o'yin Montevideodagi Estádio Centenário stadionida o'tkaziladi.
Turnirni qabul qilayotgan barcha oltita mamlakatning milliy futbol jamoalari avtomatik ravishda 2030 yilgi jahon chempionatiga yo'l olishadi.


